Xarid amalga oshirilgan do'konga murojaat qiling.
Ariza yozing.
Boshqa buyumga almashtiring yoki pulingizni oling.
.........
.........
1-QADAM
2-QADAM
3-QADAM
TEGISHLI SIFATDAGI TOVARNI QAYTARISH VA AYIRBOSHLASH
Siz tovar sotib olingan (topshirilgan) kundan boshlab o'n (10) kun ichida tovarlarni qaytarish yoki agar ko'rsatilgan xususiyatlarga ko'ra sizga mos kelmasa, boshqa o'lcham, shakl, hajm, uslub, rang yoki komplektatsiyadagi o'xshash tovarga almashtirish huquqiga egasiz.
O'zbekistondagi istalgan O′STIN chakana savdo do'konida naqd pulda to'langanda tovarlarni qaytarish, almashtirish mumkin. Bank kartasi bilan to'langan tovarlar faqat xarid qilingan do'konga qaytarilishi mumkin.
Xarid qilingan kuni qaytarish, almashtirish to'lov usulidan qat'i nazar, faqat tovar sotib olingan do'konda amalga oshirilishi mumkin.
Qaytarish, almashtirish uchun sizga quyidagilar kerak bo'ladi: chek va shaxsni tasdiqlovchi hujjat.
Agar chek yo'qolgan bo'lsa, unda tovar faqat xarid qilingan do'konga qaytarilishi mumkin.
Agar tovar uchun naqd pul to'langan bo'lsa, darhol naqd pulda qaytariladi.
Agar tovar bank kartasi bilan to'langan bo'lsa, pul to'lov amalga oshirilgan kartaga qaytariladi.
To'lovni qaytarish muddati – 7 kungacha.
Tovarni qaytarish va almashtirish
Muhim!!!

Tovarlarni qaytarish, almashtirish tartibi va shartlari bilan O′STIN do'konlarida tanishishingiz mumkin.
Qaytarish, tovarlarni almashtirish do'konning ish vaqti davomida amalga oshiriladi.
Agar tovar sizga shakli, hajmi, uslubi, rangi, o'lchami bo'yicha mos kelmasa, uni rad etish yoki almashtirish huquqiga egasiz.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 433-moddasi va 1996-yil 26-iyundagi № 221-I-sonli “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq:
Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog'i bilan qaytarilgan bo'lsa, uning tovar ko'rinishi, iste'mol xususiyatlari saqlangan, plombalari, fabrika yorliqlari, shuningdek, sotilgan tovar bilan birga xaridorga berilgan tovar cheki yoki kassa cheki saqlangan bo'lsa, tovarlarni qaytarish yoki almashtirish mumkin.

Ayirboshlash tartibi va ayirboshlanishi mumkin bo'lmagan tovarlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son Qarori bilan tasdiqlangan qoidalar asosida belgilanadi.
“O′STIN” do'konlarida taqdim etilgan mahsulotlardan quyidagilarni almashtirish yoki qaytarish mumkin emas:
1. paypoq mahsulotlari;
2. tikuv mahsulotlari va trikotaj ichki kiyimlar (ichki kiyim, choʻmilish kostyumlari va boshqalar);
3. qo'lqop mahsulotlari.

“Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonunning 14-moddasiga binoan, agar iste'molchi tovardagi nuqsonlarni aniqlagan bo'lsa va sotuvchiga uni almashtirish haqida da'vo bergan bo'lsa, bu talab qondirilishi kerak:
  1. tovarni o'xshashiga almashtirishda talab taqdim etilgan kundan boshlab 7 kun ichida;
  2. qo'shimcha sifat tekshiruvi zarur bo'lsa, 20 kun ichida;
  3. agar ayni paytda sotuvchida almashtirish uchun zarur bo'lgan tovar mavjud bo'lmasa, 1 oy ichida.
  4. Cho'l joylarda va olis tumanlarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda iste'molchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.