Foydalanuvchi bilan kelishuv

1. Umumiy holat
1.1. Ushbu Foydalanuvchi bilan kelishuv (keyingi oʻrinlarda – Kelishuv) ommaviy oferta boʻlib, Internet tarmogʻidagi www.ostinshop.uz (keyingi oʻrinlarda – Sayt) saytida joylashtirilgan materiallar va xizmatlardan Foydalanuvchilarning foydalanish shartlarini belgilaydi. Sayt “O′STIN” MCHJ (STIR 309835694) (keyingi oʻrinlarda – Kompaniya) mulki boʻlib, potensial xaridorni Kompaniya bilan, mahsulotlar assortimenti bilan tanishtirish, isteʼmolchilarning tovarlarga boʻlgan talabini oshirish va xarid qilish imkoniyatini taqdim etish maqsadida yaratilgan.
1.2. Bu Kelishuv Foydalanuvchi sayt, xizmatlar, EHM dasturlaridan (keyingi oʻrinlarda – Xizmatlar) foydalangan paytda Kompaniya tomonidan olinishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlarga nisbatan qoʻllaniladi. Hozirda mavjud boʻlgan barcha Xizmatlar, shuningdek, ularni rivojlantirish va/yoki yangilarini qoʻshish ushbu Kelishuvning predmeti hisoblanadi.

2. Bu Kelishuvda foydalaniladigan atamalar va tushunchalar:
2.1. “O′STIN” MCHJ, Kompaniya – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs boʻlib, oʻz faoliyatini, jumladan, www.ostinshop.uz onlayn doʻkoni orqali amalga oshiradi.
2.2. Onlayn doʻkon – https://www.ostinshop.uz Saytida joylashgan Tovarlarni sotish platformasi.
2.3. Sayt – Internet tarmogʻining https://www.ostinshop.uz manzilida joylashgan, Kompaniya va Sayt Foydalanuvchilarining mualliflik huquqi, tovar belgisi yoki xizmat belgisi, boshqa oʻxshash yoki turdosh huquqlariga tegishli boʻlgan fayllar, maʼlumotlar, dasturiy taʼminot, rasmlar, suratlar va shunga oʻxshash fayllarni oʻz ichiga olgan yoki bevosita oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan resurs.
2.4. Shartnoma – Kompaniya va Foydalanuvchi oʻrtasida Tovarni sotib olish boʻyicha kelishuv.
2.5. Xizmatlar – Saytda foydalanish mumkin boʻlgan barcha xizmatlar.
2.6. Shaxsiy axborotlar – Foydalanuvchining Saytdan foydalanish jarayonida va/yoki roʻyxatdan oʻtishda (hisob yaratishda), Saytda buyurtma berishda mustaqil ravishda taqdim etadigan maʼlumotlari, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari.
2.7. Shaxsiy maʼlumotlar subyekti tomonidan tarqatish uchun ruxsat etilgan shaxsiy maʼlumotlar – shaxsiy maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547-son “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda shaxsiy maʼlumotlar subyekti tomonidan tarqatish uchun ruxsat berilgan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik berish orqali shaxsiy maʼlumotlar subyekti tomonidan taqdim etiladigan cheklanmagan miqdordagi shaxslarning kirishiga ruxsatdir.
2.8. Shaxsiy kabinet – Saytda roʻyxatdan oʻtgan Foydalanuvchi uchun mavjud, moslangan Sayt xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi vositalari toʻplamiga ega Saytning moslangan interfeysi.
2.9. Shaxsiy maʼlumotlar operatori“O′STIN” MCHJ, STIR 309835694. Joylashuv manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Hamid Olimjon MFY, Mustaqillik shoh koʻchasi, 75-uy.
2.10. Foydalanuvchi – Sayt xizmatlaridan, Saytning ayrim funksiyalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs, muallif yoki Materiallar/Rasmlardan foydalanish boʻyicha mutlaq mualliflik, turdosh va boshqa huquqlarga ega boʻlgan shaxs (mualliflik huquqi egasi).
2.11. Materiallar – mualliflik huquqi obyektlari, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, chizmalar, rasmlar, fotosuratli asarlar va boshqa oʻxshash usullar bilan olingan suratlar, anʼanaviy, elektron va boshqa qurilmalarda olingan va koʻpaytirilgan, Foydalanuvchi tomonidan Saytda joylashtirilgan boshqa asarlar, tovarlarga sharhlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoq hisobidagi heshteglar orqali, ularga nisbatan Foydalanuvchi bilan Kelishuv shartlariga koʻra foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida soʻrov olingan obyektlar.
2.12. Rasmlar – odamlarning rasmlari (jumladan, ularning fotosuratlari yoki ular tasvirlangan tasviriy sanʼat asarlari) boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 99-moddasiga koʻra, Foydalanuvchi tomonidan Saytda tovarga sharhlarda joylashtirilgan, shu jumladan, ijtimoiy tarmoq hisobidagi heshteglar orqali, ularga nisbatan Foydalanuvchi Kelishuv shartlariga koʻra foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida soʻrov olingan obyektlar.
2.13. Materiallardan foydalanish huquqi – Kompaniyaning quyidagi harakatlarni amalga oshirish huquqi: Materiallarni yoki ularning biron bir qismini istalgan qurilmalarda har qanday moddiy shaklda va har qanday usulda, shu jumladan, Internetda nashr etish, koʻpaytirish, ommaga yetkazish, ommaviy namoyish qilish, qayta ishlash, tarqatish.
2.14. Rasmlardan foydalanish huquqi – Kompaniyaning quyidagi harakatlarni amalga oshirish huquqi: Rasmlarni yoki ularning biron bir qismini istalgan qurilmalarda har qanday moddiy shaklda va har qanday usulda, shu jumladan, Internetda nashr etish, koʻpaytirish, ommaga yetkazish, ommaviy namoyish qilish, qayta ishlash, tarqatish.
2.15. Soʻrov – Kelishuv tuzish taklifini (ofertasi) taqdim etish maqsadida Kompaniyaning Material/Rasmga “Fikrlar” maydonidagi xabar orqali Foydalanuvchiga yuborilgan Materiallar/Rasmlardan foydalanish huquqini berish haqidagi Kompaniyaning soʻrovi.
2.16. Qabul qilish – Soʻrov uchun “Fikr” maydonchasida Foydalanuvchi tomonidan Soʻrovga xeshtegni qoʻshish. Soʻrovni qabul qilish orqali Foydalanuvchi Kelishuv shartlariga hech qanday istisnosiz va/yoki cheklovlarsiz toʻliq va soʻzsiz rozi boʻladi va Kompaniyaga Materiallar/Rasmlardan foydalanish huquqini beradi. Materiallar/Rasmlardan foydalanish huquqi Kompaniyaga Foydalanuvchi Qabul qilish harakatlarini amalga oshirgan paytdan boshlab berilgan hisoblanadi.

3. Materiallar/Rasmlardan foydalanish huquqi:
3.1. Sayt orqali mavjud boʻlgan barcha obyektlar, jumladan, dizayn elementlari, matnlar, grafikalar, rasmlar, videolar, EHM dasturlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa obyektlar, shuningdek, xizmatda joylashtirilgan har qanday kontent Kompaniya, Foydalanuvchilar va mos ravishda boshqa mualliflik huquqi egalarining alohida huquqlar obyektlari hisoblanadi.
3.2. Kontentdan, shuningdek, Saytning boshqa har qanday elementlaridan faqat Sayt tomonidan taqdim etilgan funksiyalar doirasida foydalanish mumkin. Xizmatlar tarkibining hech qanday elementi, shuningdek, Saytda joylashtirilgan har qanday kontentdan mualliflik huquqi egasining oldindan ruxsatisiz boshqa usulda foydalanish mumkin emas. Foydalanish deganda quyidagilar tushuniladi: ijro etish, nusxalash, qayta ishlash, istalgan asosda tarqatish, hoshiyada koʻrsatish va hk. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida bevosita nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
3.3. Foydalanuvchi tomonidan xizmatlar mazmuni elementlaridan, shuningdek, shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish uchun har qanday kontentdan foydalanishga muallifning ismi (yoki taxallusi)/huquq egasining unvoni, tegishli obyekt oʻzgarmagan holda mualliflik huquqini himoya qilishning barcha belgilari, turdosh huquqlar, tovar belgilari, mualliflik haqidagi boshqa bildirishnomalar saqlanib qolgan holda ruxsat etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida bevosita nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
3.4. Foydalanuvchiga mualliflik huquqi obyekti boʻlgan Sayt elementlarini, agar tegishli mualliflik huquqi egalarining ushbu harakatlarni amalga oshirishga ruxsati boʻlmasa, tijorat yoki notijorat maqsadlarda ijro etish, tarqatish, qayta ishlash taqiqlanadi.
3.5. Foydalanuvchi Qabul qilish boʻyicha harakatlarni amalga oshirgan paytdan boshlab, Foydalanuvchi Kompaniyaga Foydalanuvchining Materiallari va Rasmlaridan, shuningdek, oʻzi qonuniy vakili boʻlgan voyaga yetmaganlarga dunyoning barcha mamlakatlari hududida ekskluziv huquqning butun muddati davomida foydalanish huquqini beradi, shuningdek, Kompaniya tomonidan potensial manfaatdorlikni jalb qilish, mahsulot assortimentiga, shuningdek, isteʼmolchilarning tovarlarga boʻlgan talabini oshirish uchun Saytdagi materiallar va rasmlarni oshkor qilish va undan keyin foydalanish maqsadida Kompaniya tomonidan rasmlardan foydalanishga toʻliq va soʻzsiz roziligini bildiradi. Materiallar va rasmlardan foydalanish usuli, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: har qanday moddiy shaklda ijro etish, ommaga yetkazish, ommaviy namoyish qilish, qayta ishlash, har qanday axborot tashuvchilarida va har qanday usulda, shu jumladan, Internetda tarqatish yoki Materiallar va Rasmlardan har qanday boshqa usulda toʻliq yoki qisman, shu jumladan, anonim, yaʼni, Foydalanuvchi, Huquq egasi, tasvirlangan fuqaro, belgilangan shaxslarning taxallusi koʻrsatilmagan holda foydalanish.
3.6. Materiallardan foydalanish huquqi va Rasmlarni eʼlon qilish va undan keyingi foydalanishga rozilik berish uchun ekskluziv boʻlmagan litsenziya Foydalanuvchi tomonidan Kompaniyaga bepul taqdim etiladi.
3.7. Kompaniya Materiallar/Rasmlardan foydalanish yoki ulardan foydalanishni toʻxtatish haqida mustaqil qaror qabul qilishga, Materiallar/Rasmlarni Foydalanuvchi Qabul qilganidan keyin istalgan vaqtda Saytda nashr etish huquqiga va Materiallar/Rasmlardan foydalanishni toʻxtatishga va Saytdan olib tashlashga haqli. Saytda Materiallar/Rasmlarni chop etish bilan bogʻliq barcha xavf-xatarlarni Foydalanuvchi oʻz zimmasiga oladi.
3.8. Foydalanuvchi Kompaniyaning Sayt sahifalarida Foydalanuvchidan olingan Materiallar va Rasmlarni oʻz ichiga olgan reklama bannerlari va eʼlonlarini joylashtirish huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi.
3.9. Foydalanuvchi Saytda chop etilgan Materiallar va Rasmlarni mustaqil ravishda oʻchira olmaydi.
3.10. Kompaniya ilgari joylashtirilgan Materiallar va Rasmlarni istalgan vaqtda oʻz xohishiga koʻra va sabablarini tushuntirmasdan va oldindan ogohlantirmasdan olib tashlashga haqli.
3.11. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv boʻyicha Kompaniyaga taqdim etgan Materiallar va Rasmlar uchun faqat Foydalanuvchi javobgardir.
3.12. Agar fuqaroning Rasmi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan holda olingan yoki foydalanilgan boʻlsa, ushbu fuqaro, Foydalanuvchi, Materiallar va Rasmning mualliflik huquqi egasi ushbu rasmni olib tashlashni talab qilishga haqli.
3.13. Foydalanuvchi Materiallar va Rasmlar Saytga kirish huquqiga ega boʻlgan cheksiz miqdordagi shaxslar tomonidan koʻrish uchun umumiy foydalanish huquqiga ega boʻlgan Saytda joylashtirilishiga rozilik bildiradi.
3.14. Materiallar va Rasmlarni ruxsatsiz nusxalash, Saytda eʼlon qilingan Materiallar va Rasmlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik uni amalga oshirgan shaxslar zimmasida boʻladi.

4. Foydalanuvchining kafolatlari va javobgarligi
4.1. Bu Kelishuv shartlarini qabul qilgan holda, Foydalanuvchi oʻzini Materiallar muallifi/rasmlarning mualliflik huquqi egasi ekanligini va/yoki tegishli mualliflar/mualliflik huquqi egalari tomonidan Kompaniyaga materiallardan foydalanish huquqini berishga ruxsat berganini maʼlum qiladi va kafolatlaydi. Bunda Materiallar mualliflari va fotosuratlarda koʻrsatilgan shaxslardan barcha kerakli ruxsatlarga ega boʻlgan rasmlarni taqdim etish uchun Kompaniya Materiallar/Rasmlardan foydalanish huquqiga ega va Foydalanuvchi uchinchi shaxslar oldida materiallardan/rasmlardan qonuniy foydalanishga toʻsqinlik qiladigan va/yoki imkonsiz qiladigan hech qanday majburiyatlarga ega emas (shu jumladan, Materiallarning mualliflari/boshqa mualliflik huquqi egalari va/yoki ularda tasvirlangan shaxslar) boʻlishi zarur.
4.2. Foydalanuvchi oʻzining Materiallar va Rasmlarning tegishli mualliflik huquqi egasi ekanligini yoki uning mualliflik huquqi egasidan va tasvirlangan fuqarodan ushbu Kelishuvda koʻrsatilgan usullar va shartlarda rasmni nashr etish va ishlatish uchun ruxsat olganligini kafolatlaydi. Bunda rasmda tasvirlangan shaxs – mualliflik huquqi egasi vafot etgan boʻlsa, uning farzandlari, tirik qolgan turmush oʻrtogʻining roziligi va ular yoʻqligida – ota-onasining roziligi boʻlishi zarur.
4.3. Foydalanuvchi Materiallarda tasvirlangan Foydalanuvchi va fuqaro voyaga yetgan yoki Materiallarda tasvirlangan voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ekanligiga kafolat beradi.
4.4. Foydalanuvchi tomonidan uzatilayotgan Materiallar va Rasmlar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlmasligi shart: Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini va uchinchi shaxslarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzishi; diniy, irqiy yoki etnik adovatni qoʻzgʻatishga hissa qoʻshishi; odobsiz yoki haqoratomuz boʻlishi, zoʻravonlik sahnalari, giyohvand moddalarni reklamasi, pornografik xususiyatga ega boʻlishi va voyaga yetmaganlarning huquqlarini buzadigan boʻlishi; uchinchi shaxslarning mualliflik va turdosh huquqlarini buzishi; Kompaniya mahsuloti boʻlmagan mahsulotga tovar belgisining ochiq tijorat reklamasini oʻz ichiga olishi. Foydalanuvchi xizmatlar va Saytdan quyidagi maqsadlarda foydalanmasligi kerak:
4.4.1 tarmoqning normal ishlashini buzadigan harakatlarni amalga oshirish;
4.4.2 noqonuniy, zararli, tahdid soladigan, viruslar yoki boshqa kompyuter kodlari, fayllar yoki dasturlarni oʻz ichiga olgan har qanday kompyuter yoki telekommunikatsiya uskunalari yoki dasturlariga ruxsatsiz kirish uchun buzish, yoʻq qilish yoki cheklash uchun moʻljallangan materiallarni yuklash;
4.4.3 axloqqa zid, tuhmat qiluvchi, mualliflik huquqini buzuvchi, irqiy, etnik, gender, ijtimoiy va boshqa sabablarga koʻra odamlarga nisbatan nafrat va/yoki kamsitishni targʻib qiluvchi, voyaga yetmaganlarning huquqlarini buzuvchi va/yoki ularga har qanday shaklda zarar yetkazuvchi Suratlarni yuklash;
4.4.4 ozchiliklar huquqlarini cheklash;
4.5. Materiallar/Rasmlar va ularning mazmuni bilan bogʻliq uchinchi shaxslarning daʼvolari boʻyicha Foydalanuvchining yolgʻiz oʻzi javobgar boʻladi va Kompaniyani yetkazilgan shikast/zararlarni qoplashdan ozod deb hisoblaydi. Materiallar/Rasmlar va ularning mazmuni boʻyicha Kompaniyaga uchinchi shaxslar tomonidan daʼvo qilingan taqdirda, Foydalanuvchi bunday shikoyatlarni va/yoki daʼvolarni mustaqil ravishda va oʻz hisobidan hal qilishga yoki bunday daʼvolar sabab Kompaniyaga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini oladi.
4.6. Kompaniya Saytga, Xizmatlarga nisbatan oʻzining intellektual huquqlarini himoya qilish uchun qonun bilan taqiqlanmagan choralarni koʻrishga haqli.
4.7. Agar Foydalanuvchi Kelishuvni buzsa, Kompaniya Foydalanuvchining Sayt va Xizmatlarga kirishini vaqtincha cheklaydi (vaqtinchalik taqiq), Kelishuvni qoʻpol va/yoki takroran buzgan taqdirda esa, Xizmatlar va Saytdan foydalanishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi (doimiy taqiq).
4.8. Foydalanuvchi intellektual mulk huquqlari va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 99-moddasida nazarda tutilgan huquqlari buzilgan uchinchi shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni qoplash uchun toʻlangan summalar miqdorida Kompaniyaning mulkiy yoʻqotishlarini qoplash majburiyatini oladi, shuningdek, Foydalanuvchi sud xarajatlarini, sud ishlarini tayyorlash, koʻrish, shu jumladan, maslahatchilarni (advokatlarni, shuningdek, oʻz sohasi boʻyicha yetakchi lavozimlarni egallab turgan shaxslarni) jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni sud qarorlarini ijro etishga qaratilgan summalar, tegishli shartnomalar boʻyicha sanksiyalar, penyalar va jarimalarni toʻlashga yoʻnaltirilgan miqdorlarda qoplash majburiyatini oladi.
4.9. Foydalanuvchining Sayt materiallarini uzatish, sotish, nashr qilish, koʻchirish, koʻpaytirish, oʻzgartirish yoki qayta ishlab chiqarish yoki ulardan qisman yoki toʻliq boshqa yoʻl bilan foydalanish huquqiga ega emas, kompaniyaning ushbu harakatlar uchun yozma ruxsati bundan mustasno.
4.10. Foydalanuvchi uchinchi shaxslar oldida Saytdan foydalanish bilan bogʻliq xatti-harakatlari uchun, shu jumladan, agar bunday harakatlar uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib keladigan boʻlsa, shuningdek, Saytdan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya qilish uchun javobgardir.
4.11. Kompaniya Saytga, Xizmatlarga nisbatan oʻzining intellektual huquqlarini himoya qilish uchun qonun bilan taqiqlanmagan choralarni koʻrishga haqli.
4.12. Bu Kelishuvning foydalanuvchining kafolatlari va javobgarligi qismi taʼsiri cheksizdir.

5. Foydalanuvchini roʻyxatga olish. Foydalanuvchi hisobi
5.1. Foydalanuvchini Saytda roʻyxatga olish uchun Foydalanuvchiga unikal hisob yaratiladi, Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish shaklida taklif qilingan masalalar boʻyicha oʻzi haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarni taqdim etishga va ushbu maʼlumotlarni faol ravishda saqlashga majburdir. Agar Foydalanuvchi notoʻgʻri maʼlumot taqdim etsa yoki Kompaniyada Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar toʻliq emas yoki ishonchsiz deb hisoblash uchun asos boʻlsa, Kompaniya oʻz xohishiga koʻra, Foydalanuvchining hisobini bloklash yoki oʻchirish va Foydalanuvchini uning xizmatlaridan foydalanishini rad etishga haqli (yoki Saytdagi alohida funksiyalarni).
5.2. Agar roʻyxatga olish paytida koʻrsatilgan maʼlumotlar foydalanuvchini identifikatsiyalashga imkon bermasa, Kompaniya Foydalanuvchining hisobga kirishini va Xizmatlardan foydalanishini rad etishga haqli.
5.3. Roʻyxatga olishda Foydalanuvchi mustaqil ravishda login (Foydalanuvchi hisobining unikal ramziy nomi) va hisobga kirish uchun parolni tanlaydi. Kompaniya muayyan loginlardan foydalanishni taqiqlash, shuningdek, login va parol (uzunligi, ruxsat etilgan belgilar va boshqalar) uchun talablarni belgilash huquqiga ega.
5.4. Foydalanuvchi hisobga kirish uchun oʻzi tanlagan vositalarning xavfsizligi (topib olishga chidamliligi) uchun javobgar boʻladi, shuningdek, ularning maxfiyligini mustaqil ravishda taʼminlaydi. Foydalanuvchi oʻz hisobi boʻyicha Sayt xizmatlari doirasidagi yoki undan foydalanishdagi barcha harakatlar (shuningdek, ularning oqibatlari) uchun, shu jumladan, Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga har qanday shartlarda Foydalanuvchining hisobiga kirish uchun maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda uzatish holatlari uchun faqat oʻzi javobgardir (shu jumladan, shartnomalar yoki kelishuvlar uchun ham). Shu bilan birga, Foydalanuvchi hisobi boʻyicha Sayt xizmatlari doirasidagi yoki undan foydalanishdagi barcha harakatlar Foydalanuvchining oʻzi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi, Foydalanuvchi 4.5-bandda nazarda tutilgan holatda ushbu Kelishuv boʻyicha Kompaniyani Foydalanuvchining hisobidan foydalanib Xizmatlarga ruxsatsiz kirish va/yoki ularning hisobga kirish vositalarining maxfiyligi buzilganligi (buzilishda gumon) toʻgʻrisida xabardor qilgan holat bundan mustasno.
5.5. Foydalanuvchi hisobidan foydalangan holda Sayt xizmatlariga ruxsatsiz (Foydalanuvchi tomonidan ruxsat etilmagan) kirishning har qanday holati va/yoki kirish vositalarining maxfiyligi buzilganligi (buzilish haqida shubha) haqida Kompaniyani darhol xabardor qilishi shart.
5.6. Kompaniya Foydalanuvchining hisobini bloklash yoki oʻchirish, shuningdek, biron-bir hisobdan foydalanishni tushuntirishsiz, shu jumladan, Foydalanuvchi tomonidan Kelishuv shartlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi buzilgan taqdirda, shuningdek, hisob Sayt foydalanuvchisi tomonidan 24 oy davomida foydalanilmaganda ayrim Xizmatlarga kirishni taqiqlash huquqiga ega.
5.7. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Kompaniyaning Mijozlarga yordam xizmatiga murojaat qilib, Saytdagi oʻz hisobini oʻchirish yoki tegishli funksiya mavjud boʻlsa, uni tugatish huquqiga ega.
5.8. Hisob oʻchirilgan paytdan boshlab hisobni tiklash, shuningdek, ushbu hisobdan foydalangan holda Sayt xizmatlariga kirish mumkin emas va logindan boshqa foydalanuvchilar foydalanishi mumkin boʻladi.

6. Foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini toʻplash va qayta ishlash maqsadlari
6.1. Kompaniya faqat Xizmatlarni taqdim etish va/yoki Foydalanuvchining Onlayn doʻkon katalogidan tovarlar sotib olishi uchun zarur boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni toʻplaydi, qayta ishlaydi va saqlaydi.
6.2. Kompaniya shaxsiy maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan, avtomatlashtirilmagan, aralash qayta ishlashni quyidagi usullarda amalga oshiradi: toʻplash, qayd etish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), ajratib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), shaxssizlashtirish, bloklash, o’chirish, quyidagi maqsadlarda yoʻq qilish:
6.2.1. kompaniya bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tomonlarni identifikatsiyalash;
6.2.2. Foydalanuvchidan toʻlovlarni qayta ishlash va qabul qilish;
6.2.3. tovarni Foydalanuvchiga yetkazish;
6.2.4. Foydalanuvchiga samarali mijozlarga yordam xizmatini taqdim etish;
6.2.5. Foydalanuvchiga moslangan xizmatlarni taqdim etish;
6.2.6. Foydalanuvchi bilan aloqa qilish, shu jumladan, xizmatlardan foydalanish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha bildirishnomalar, soʻrovlar va maʼlumotlarni yuborish, shuningdek, Foydalanuvchining soʻrovlari va ilovalarini qayta ishlash;
6.2.7. Xizmatlar sifatini oshirish, ulardan foydalanish qulayligi, yangi Xizmatlarni ishlab chiqish;
6.2.8. Foydalanuvchini Kompaniya tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar va aksiyalar haqida xabardor qilish;
6.2.9. shaxssizlashtirilgan maʼlumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlar oʻtkazish;
6.2.10. yangiliklar xabarlarini yuborish uchun.
6.3. Kompaniya maʼlumot olish usulining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirmaydi va uning dolzarbligini nazorat qilmaydi. Biroq, Kompaniya foydalanuvchini roʻyxatga olish shaklida taklif qilingan masalalar boʻyicha ishonchli aloqa maʼlumotlarini (va/yoki shaxsiy maʼlumotlarni) taqdim etadi va bu axborot/maʼlumotlarni yangilab turadi. Foydalanuvchi barcha masʼuliyat, shuningdek, notoʻgʻri yoki haqiqiy boʻlmagan axborotlar/shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar uchun javobgardir.

7. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash shartlari
7.1. Kompaniya Foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini (ismi, familiyasi, otasining ismi, email manzili, jinsi, tugʻilgan sanasi, pochta manzili, uy, ish, mobil telefonlari, Foydalanuvchilarning kirish axborotiga ega IP manzillari, cookie maʼlumotlari, Foydalanuvchi brauzeri haqidagi maʼlumotlar, uning joylashgan joyi) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547-son “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda saqlash va qayta ishlash Operatori hisoblanadi.
7.2. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga nisbatan uning maxfiyligi saqlanadi, Foydalanuvchi oʻzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni cheklanmagan miqdordagi shaxslarga umumiy kirish uchun ixtiyoriy ravishda taqdim etgan hollar bundan mustasno.
7.3. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini bunday maʼlumotlarni himoya qilish talablariga muvofiq himoya qiladi va bunday maʼlumotlarni himoya qilishning xavfsiz usullaridan foydalanish uchun javobgardir.
7.4. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish, ulardan toʻgʻri foydalanishni taʼminlash va unga ruxsatsiz va/yoki tasodifiy kirishning oldini olish uchun Kompaniya zarur va yetarli darajada texnik va maʼmuriy choralarni qoʻllaydi. Foydalanuvchi tomonidan taqdim qilinadigan shaxsiy maʼlumotlar qoʻriqlanadigan binolarda joylashgan kirish cheklangan serverlarda saqlanadi.
7.5. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini (jumladan, qayd etuvchi, tizimlashtiruvchi, toʻplovchi, aniqlovchi, saqlovchi, ajratib oluvchi tashkilotlarga, foydalanuvchiga maxsus takliflarni, yangi mahsulotlar va aksiyalar haqidagi maʼlumotlarni yuboradigan, mening soʻrovlarim va murojaatlarimni koʻrib chiqadigan, shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni yoʻq qiladigan muassasalarga) quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga uzatishga haqli:
7.5.1. Foydalanuvchi bunday xatti-harakatlarga oʻz roziligini aniq ifodaladi, yaʼni, Saytdagi shaxsiy maʼlumotlar bilan shakllarni toʻldirishda “Men foydalanuvchi kelishuvini qabul qilaman...” yoki "Men shaxsiy maʼlumotlarimning foydalanuvchi kelishuvi shartlariga muvofiq qayta ishlanishiga roziman...” katakchalaridan birini belgiladi;
7.5.2. Uzatish foydalanuvchining maʼlum bir Xizmatdan foydalanishining bir qismi sifatida yoki Foydalanuvchiga xizmat koʻrsatish, Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur;
7.5.3. Uzatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda nazarda tutiladi.
7.8. “O′STIN” MCHJ foydalanuvchi maʼlumotlarini qayta ishlashda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547-son “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qiladi.

8. Foydalanuvchi tomonidan aloqa va shaxsiy maʼlumotlarning oʻzgartirilishi
8.8. Foydalanuvchi istalgan vaqtda personal makonning shaxsiy boʻlimida shaxsiy maʼlumotlarni tahrirlash funksiyasidan foydalangan holda oʻzi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarni, uning bir qismini, shuningdek, maxfiylik sozlamalarini oʻzgartirish (yangilash, toʻldirish) huquqiga ega.
8.9. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Mijozlarga yordam xizmatiga murojaat qilib, oʻzi taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirishni talab qilishga haqli.
8.10. Buyurtmani rasmiylashtirish: “roʻyxatdan oʻtmasdan buyurtmani rasmiylashtirish” bandini tanlaganingizda rasmiylashtirish paytida kiritilgan maʼlumotlarni saqlash orqali avtomatik ravishda hisob yaratiladi.

9. Kelishuvni tasdiqlash
9.1. Har bir Tomon boshqa Tomonga zaruriy huquqiy va yuridik salohiyatga, shuningdek, uning shartlariga muvofiq Kelishuvni tuzish va bajarish uchun zarur va yetarli barcha huquq va vakolatlarga ega ekanligini kafolatlaydi.
9.2. Bu Kelishuv Foydalanuvchi uning shartlariga quyidagi tartibda rozi boʻlgan paytdan boshlab kuchga kiradi: Saytdan/uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlash bilan. Foydalanuvchi Kelishuv shartlarini hech qanday izoh va istisnolarsiz toʻliq qabul qilgan deb hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi Kelishuv shartlaridan birortasiga rozi boʻlmasa, Foydalanuvchi Saytning funksional imkoniyatlaridan foydalanishga haqli emas.
9.3. Agar Kompaniya Kelishuvga ushbu Kelishuvda belgilangan tartibda har qanday oʻzgartirishlar kiritgan boʻlsa va Foydalanuvchi unga rozi boʻlmasa, u Saytning funksional imkoniyatlaridan foydalanishni toʻxtatishi shart.
9.4. Reklama tarqatmalari boʻyicha maydonchani belgilash Foydalanuvchining telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, SMS tarqatmalari, email tarqatmalari) orqali maxsus takliflar, yangi mahsulotlar va reklama aksiyalari haqidagi maʼlumotlarni olishga va shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish, yozib olish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlashtirish, ajratib olish, avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda ishlatish, shu jumladan, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki bunday vositalardan foydalanmasdan, maxsus takliflar, yangi mahsulotlar va reklama aksiyalar, soʻrovlar va murojaatlarni qayta ishlash haqida maʼlumotlar yuborishni tashkil etish uchun ularni qayta ishlashga toʻliq roziligini bildiradi.
9.5. Foydalanuvchining Kelishuv shartlariga, shu jumladan, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash tartibiga koʻrsatilgan roziligi Kelishuvning butun muddati davomida amal qiladi, shaxsiy maʼlumotlar subyekti va “O-STIN” MCHJ oʻrtasidagi boshqa fuqarolik-huquqiy munosabatlari hamda shaxsiy maʼlumotlar subyekti va “O-STIN” MCHJ oʻrtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar shartnoma tugatilgandan keyin 5 yilgacha amal qiladi.
Kompaniya Saytning kechayu kunduz ishlashini taʼminlash uchun tijoriy jihatdan oqilona harakatlarni amalga oshiradi, ammo texnik nosozliklar, profilaktika ishlari bilan bogʻliq uzilishlar yoʻqligiga kafolat bermaydi va Sayt, Xizmatning toʻliq yoki qisman ishlashini kafolatlamaydi.

10. Kelishuvga oʻzgartirish kiritish
10.1. Kelishuv Kompaniya tomonidan hech qanday maxsus ogohlantirishsiz oʻzgartirilishi mumkin, Kelishuvning yangi tahriri, agar Kelishuvning yangi tahririda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, u Internetda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar Kelishuvga kiritilgan bunday oʻzgartirishlar kuchga kirganidan keyin Foydalanuvchi Sayt bilan ishlashda davom etsa, u holda Foydalanuvchi oʻzgarishlarga roziligini tasdiqlaydi. Agar istalgan vaqtda Foydalanuvchi Kelishuv shartlarini bajara olmasa, Foydalanuvchi darhol Sayt funksiyasidan foydalanishni toʻxtatishi kerak.

11. Aloqa. Savollar va takliflar
11.1. Bu Kelishuv boʻyicha barcha takliflar yoki savollarni Kompaniyaning mijozlarga yordam xizmatiga support@ostin.com email manzili orqali yoki Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Hamid Olimjon MFY, Mustaqillik shoh koʻchasi, 75-uy manziliga yuborishingiz mumkin. Yordam xizmati Toshkent vaqti bilan 9 dan 21 gacha ishlaydi. Sayt orqali buyurtmalarni qabul qilish – kechayu kunduz.