1. QISQARTMALAR VA TAʼRIFLAR1.1. QisqartmalarAB – Aksiya bonuslariKB – Keshbek bonuslariKK – Klub kartasiКD –
O`STIN doʻkonlari Klub dasturi.КD bosqichi – O`STIN doʻkonlari Klub dasturida ishtirok etish bosqichi.
1.2.
Atamalar va taʼriflar:Kompaniya – “О-STIN” MCHJ.
Mijoz – O`STIN doʻkonlari Klub dasturida roʻyxatdan oʻtmagan jismoniy shaxs.
KK (klub kartasi) – Klub Dasturi doirasida Klub Dasturi Ishtirokchisini identifikatsiya qilish uchun Kompaniya tomonidan ishlatiladigan unikal raqamga ega muddatsiz virtual karta.
O`STIN doʻkonlari Klub dasturi (keyingi oʻrinlarda – Кlub dasturi) – xaridorlarni saqlab qolish va ragʻbatlantirishga, shuningdek, mavjud Ishtirokchilarning umumiy sodiqlik darajasini oshirish va yangi Mijozlarda uni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
Bonus – kelgusi xarid uchun chegirmani qayd qilish birligi, mazkur Ishtirok etish qoidalari bilan belgilanadigan hisobga olish va tatbiq qilish qoidalari.
Bonus hisobi– KD ishtirokchisi va uning Bonuslari miqdori haqida Kompaniya maʼlumotlar bazasidagi axborotlar yigʻindisi.
Keshbek bonuslar – Ishtirokchiga KD doirasida mahsulotlarni xarid qilganida hisoblanadigan virtual shartli birliklar.
Aksiya bonuslari – Kompaniya aksiyalari (promo-aksiyalari) doirasidagi muayyan amallarni bajarish evaziga KD doirasida Ishtirokchiga hisoblanadigan virtual shartli birliklar.
KB/ABni (foydalanish, yechib olish) sarflash – xaridlarni amalga oshirganda Ishtirokchining Bonus hisobidan Bonuslar yechib olish.
Registratsiya – Mijoz tomonidan KDda ishtirok etish, shuningdek, mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan boshqa imkoniyatlarni realizatsiya qilish maqsadlarida, jumladan, biroq istisno qilmagan holda, shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etish tartibi.
Tizim (CRM-tizim) – Mijozni barcha aloqa kanallarida identifikatsiya qilish imkonini beruvchi amaliy dasturiy taʼminot.
Klub dasturida ishtirok etish bosqichi – Ishtirokchiga KD doirasida hisoblanadigan Bonuslar miqdorini belgilovchi Ishtirokchining maqomi. Klub dasturida ishtirok etish bosqichi Klub dasturida ishtirok etishning butun davri mobaynida amalga oshirilgan umumiy xaridlar summasiga bogʻliq.
Ishtirok etish qoidalari – isteʼmolchilar tanishishi uchun ochiq boʻlgan Klub dasturida ishtirok tartibi va shartlarini tartibga soluvchi hujjat.
Ishtirokchi – 18 yoshga toʻlgan va belgilangan usulda roʻyxatdan oʻtgan, O`STIN doʻkonlari Klub dasturiga kirgan jismoniy shaxs.
Chek – amalga oshirilgan xarid haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan qogʻoz tashuvchidagi hujjat.
2. UMUMIY AXBOROT2.1.18 yoshga toʻlgan, roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslar KD Ishtirokchilariga aylanishi mumkin.
2.2. Klub dasturida roʻyxatdan oʻtish deganda Kompaniya xabariga koʻra KDda ishtirok etishda zarur hajmdagi axborotni taqdim etish uchun Mijozning turkum amallari tushuniladi. Registratsiya Mijoz tomonidan Kompaniya maʼlumotlar bazasiga uni kiritadigan masʼul xodimlariga zarur axborotni ogʻzaki xabar usulida amalga oshirilishi mumkin.
2.3. Klub dasturida ishtirok etish Shartlari bilan www.ostinshop.uz saytida tanishish mumkin.
2.4. Klub dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha O`STIN doʻkonlarida amal qiladi.
2.5. Klub dasturida roʻyxatga olgan paytdan boshlab Ishtirokchi oʻz shaxsiy maʼlumotlarining (Ismi, Familiyasi, Otasining ismi, jinsi, tugʻilgan sanasi, telefon raqami, email manzili, shahri va koʻchasi) ishonchliligini va oʻz vaqtida yangilanishini mustaqil nazorat qiladi. Ishtirokchi oʻz shaxsiy maʼlumotlarini ularni Kompaniya masʼul xodimlariga xabar qilish orqali oʻzgartiradi. Oʻzi haqida yolgʻon maʼlumotlarni koʻrsatgan, shuningdek, eskirgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida oʻzgartirmagan taqdirda, Ishtirokchi bunday notoʻgʻri maʼlumotlarga aloqador har qanday salbiy oqibatlarning xatari uchun mustaqil javobgar boʻladi. Kompaniya maʼlumot olish usulining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Klub dasturi Ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirmaydi va uning dolzarbligini nazorat qilmaydi. Biroq Kompaniya Ishtirokchi ishonchli shaxsiy maʼlumot taqdim etishidan kelib chiqadi va bu axborotning dolzarb holatda boʻlishini dastaklaydi. Ishonchsiz yoki haqiqiy boʻlmagan shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, ehtimoliy oqibatlar uchun barcha javobgarlik Ishtirokchi zimmasida boʻladi.
2.6. Klub dasturining har bir ishtirokchisi uchun shaxsiy Bonus hisobi ochiladi. Xaridlarni amalga oshirib va Kompaniya aksiyalarida qatnashib, Ishtirokchi Bonuslar jamgʻaradi. 1 Bonus 1 soʻmga teng hisob-kitobda navbatdagi xaridning bir qismini Bonuslar bilan toʻlash mumkin.
2.7. Bir vaqtning oʻzida Bonuslar bilan mahsulotning chakana narxidan 30% gacha toʻlash mumkin (Ishtirokchining Bonus hisobida bunday amaliyotni amalga oshirish uchun yetarli miqdorda Bonuslar boʻlsa).
3. O`STIN KLUB DASTURIDA ROʻYXATDAN OʻTISH3.1. O’STIN doʻkonlari kassasida Mijoz Klub dasturida roʻyxatdan oʻtish uchun oʻz maʼlumotlarini xabar qiladi: Mobil telefon raqami, Ismi, Jinsi, Tugʻilgan sanasi, email manzili, yashaydigan shahri va koʻchasi.
3.2. Mijoz koʻrsatgan telefon raqamiga faollashtirish kodi aks etgan SMS xabar yoʻnaltiriladi, Mijoz uni olgach, kassaga xabar qiladi.
3.3. Avtorizatsiya kodini xabar qilgach, Mijoz Kompaniya Ishtirokchi bilan kelishuv shartlariga rozilik bildiradi (O`STIN doʻkonlari Klub dasturi haqidagi Qoidalarning 3-ilovasi).
3.4. 3.1-3.3-bandlarda sanab oʻtilgan barcha amallardan keyin Klub dasturida roʻyxatdan oʻtish yakunlangan hisoblanadi.
4. KLUB DASTURIDA ISHTIROK ETISH BOSQICHI TURI4.1.Klub dasturida uchta Ishtirok bosqichi mavjud. Klub dasturida Ishtirok etish bosqichi turi Klub dasturida ishtirok etish davrida amalga oshirilgan jamgʻarilgan xaridlar summasidan yoki Klub dasturi doirasida bir vaqtdagi xaridlar summasidan kelib chiqadi:
KDda ishtirok etish bosqichi
Keyingi bosqichga oʻtish uchun xaridlar summasi
“BONUS”
1 – 2 500 000 soʻm (ichida)
“BONUS-PLUS”
2 500 001 – 5 000 000 soʻm (ichida)
“BONUS-SUPER”
5 000 001 dan yuqori
5. BONUSLARNI HISOBLASH5.1. O`STIN doʻkonlarida xaridlarni amalga oshirib va (yoki) Kompaniya aksiyalarida (promo-aksiyalari) ishtirok etib, Ishtirokchi Bonus hisobiga xarid summasini jamgʻaradi va Bonuslar oladi.
5.2. Klub dasturi amal qilish doirasida Bonus hisobiga har bir toʻliq 65 000 soʻmlik xarid uchun Keshbek bonuslari hisoblanadi, ulardan O`STIN doʻkonlarida navbatdagi xaridlarda foydalanish mumkin. Bonuslar hisobiga oʻtkaziladigan KB miqdori Klub dasturidagi Ishtirok etish bosqichiga va muayyan xarid summasiga bogʻliq. KB chekdagi 65 000 soʻmgacha boʻlgan xaridlarga hisoblanmaydi, biroq xarid summasi Klub dasturi Bonuslar hisobida qayd etiladi.
Klub dasturidagi Ishtirok etish bosqichiga qarab har bir toʻliq 65 000 soʻmlik xarid uchun hisoblanadigan KB summasi:
Ishtirok bosqichi
Hisoblanadigan Keshbek bonuslar miqdori
“BONUS”
3250 bonus
“BONUS PLUS”
4550 bonus
“BONUS SUPER”
6500 bonus
5.3. Keshbek bonuslari xarid amalga oshirilgandan keyin 1 (bir) sutka ichida Bonus hisobiga oʻtkaziladi. Ulardan hisobga oʻtkazilgan kunning ertasiga foydalanish mumkin.
5.4. Barcha O`STIN doʻkonlarida chegirmali mahsulotlardan boshqa istalgan mahsulotni xarid qilganlik uchun KB hisoblanadi. KB chegirma belgilanmagan (mavsumiy sotib tugatishlar, aksiya mahsuloti va h.k.) mahsulotlar xaridi uchun hisoblanadi. Sotib tugatishlar davrida, shuningdek, chegirmali mahsulotga (mavsumiy sotib tugatishlar, aksiya mahsulotlari va h.k.) KB hisoblanmaydi, biroq xaridlar summasi KD Ishtirokchisining Bonus hisobida qayd etiladi.
5.5. Aksiya bonuslari Kompaniya aksiyalarini (promo-aksiyalari) oʻtkazganda Ishtirokchilar hisobiga oʻtkaziladi. AB summasi muayyan aksiya (promo-aksiya) shartlari orqali belgilanadi. Kompaniya aksiyalar (promo-aksiyalar) oʻtkazish muddatlari va shartlarini mustaqil belgilaydi. Muayyan aksiyani (promo-aksiya) oʻtkazish shartlari O`STIN doʻkonlaridagi “Isteʼmolchi burchagi”da mavjud.
6. BONUSLARDAN FOYDALANISH6.1. Xarid paytida Ishtirokchiga tanlov taklif qilinadi: toʻplangan Bonuslarni ishlatish yoki joriy xaridni amalga oshirganda ilgari toʻplangan Bonuslarni saqlash (sarflamaslik).
6.2. Bonuslarni ishlatish va hisoblash uchun Ishtirokchi mazkur ishtirok etish Qoidalarining 8-boʻlimiga muvofiq Klub dasturida avtorizatsiyadan oʻtishi zarur.
6.3. Agar Ishtirokchi xarid uchun toʻlov paytida toʻplangan Bonuslarni ishlatishga rozilik bersa, Bonuslarni yechib olishda kamroq tomondagi birlikkacha yaxlitlashni hisobga olgan holda mahsulot chakana narxidan 30% chegiriladi. Ishtirokchi ilgari jamgʻarilgan Bonuslarni ishlatishdan voz kechganda joriy xaridni amalga oshirganda Bonuslar yechib olinmaydi. Amalga oshirilgan xarid uchun Bonuslar jamgʻarish va ishlatish bunda ishtirok etish Shartlariga muvofiq kechadi.
6.4. Bonuslar xronologik tartibda sarflanadi: avval amal qilish muddati avvalroq tugaydigan Bonuslar ishlatiladi.
6.5. Bonuslar naqd pul mablagʻlariga almashtirib berilmaydi.
6.6. Bonuslar Hadya kartalarini xarid qilganlik uchun hisoblanadi.
6.7. Xaridning Hadya kartasi orqali toʻlangan qismiga Bonuslar hisoblanmaydi – ular xaridning pul mablagʻlari orqali toʻlangan qismiga hisoblanadi.
6.8. Xaridning KB/AB kartasi orqali toʻlangan qismiga Bonuslar hisoblanmaydi – ular xaridning pul mablagʻlari orqali toʻlangan qismiga hisoblanadi.
6.9. Bonuslardan Hadya kartalarini xarid qilishda foydalanish mumkin emas, yaʼni sotib olinayotgan Hadya kartasi yoki bir nechta Hadya kartasi narxining bir qismini toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
6.10. Oʻz Bonuslar hisobida mavjud Bonuslar miqdori haqida, shuningdek, quyidagicha maʼlumot olish mumkin:
· support@ostin.com email manzili orqali;
· doʻkon kassasida.
7. BONUSLAR AMAL QILISH MUDDATINING TUGASHI.7.1.Keshbek bonuslarini hisoblash muddatli hisoblanadi – ishlatilmagan Keshbek bonuslari har yili 11-mart sanasida nollashtiriladi. Joriy yilning 1-yanvaridan 10-martigacha hisoblangan KB nollashtirilmaydi, keyingi yilning 11-mart sanasigacha amal qiladi. Jamgʻarilgan xaridlar summasi saqlanadi.
7.2. AB Kompaniya tomonidan belgilanadigan amal qilish muddatiga ega. Agar bir vaqtning oʻzida bir nechta AB mavjud aksiya amal qilsa, u holda xaridlarga toʻlashda birinchi navbatda amal qilish muddati oldinroq keladigan AB yechib olinadi.
8. SMS-AVTORIZATSIYA XIZMATI (BU BAND BOʻYICHA KEYINGI OʻRINLARDA – XIZMAT).8.1.SMS-avtorizatsiya xizmati Klub dasturi ishtirokchilariga Bonuslarni ishlatish va mobil telefon raqami orqali avtorizatsiya qilish yoʻli bilan joriy xaridlar uchun Bonuslar olish imkonini beradi.
8.2.Xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha O`STIN doʻkonlarida foydalanish mumkin.
8.3.Klub dasturi ishtirokchilariga xizmat bepul taqdim etiladi.
8.4.SMS-avtorizatsiya xizmatidan foydalanish uchun Klub dasturi ishtirokchisiga quyidagilar zarur:
8.4.1. Oʻzi bilan Klub dasturida roʻyxatga oʻtish paytida koʻrsatilgan mobil telefon raqami boʻlishi.
8.4.2. Xaridni amalga oshirganda kassirga roʻyxatga olishda koʻrsatilgan mobil telefon raqamini xabar qilish.
8.4.3. Koʻrsatilgan telefon raqamiga SMS orqali avtorizatsiya kodini olgandan keyin kassirga xabar qilish.
Sanab oʻtilgan amallar muvaffaqiyatli bajarilganida Klub dasturi ishtirokchisi Bonuslardan foydalanish va joriy xarid uchun Bonuslar olish imkoniyatiga ega boʻladi.
8.5. Bitta tasdiq kodidan faqat bitta xarid uchun foydalanish mumkin. Har bir xarid uchun SMS avtorizatsiya jarayonini alohida amalga oshirish zarur.
8.6. Klub dasturida roʻyxatdan oʻtish yoʻli bilan Klub dasturi Ishtirokchilari xizmat Kompaniya javobgar boʻlmaydigan va javobgar boʻlishi mumkin boʻlmagan hamda Kompaniyaning bevosita nazoratida boʻlmagan sharoitlar, jumladan, biroq bu bilan cheklanmagan holda: internetga ulanish, past signal darajasi, uyali aloqa tarmoqlarning yuqori yuklamasi va shu kabilar bilan bogʻliq holda vaqtincha ishlamasligi mumkinligidan xabardor qilingani va roziligini tasdiqlaydi.
8.7. Ishtirokchi notoʻgʻri kodni aytgan boʻlsa (yoki telefonini uyda qoldirgani sababli uni aytolmasa), biroq Tizim uni identifikatsiya qilolsa, agar ularga faqat SMS-avtorizatsiya orqali kirishga ruxsat nazarda tutilgan boʻlsa, u holda Ishtirokchi ulardan foydalanish yoki qoʻshimcha imtiyoz olish imkoniyatisiz Bonuslar hisoblangan xaridga “bogʻlanadi”.
9. SHAXSIY MAʼLUMOTLARNI QAYTA ISHLASHGA ISHTIROKCHILARNING ROZILIGI. 9.1.Klub dasturi ishtirokchilari Kompaniya tomonidan oʻz shaxsiy maʼlumotlarini avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish orqali ham, jumladan, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida, bunday vositalardan foydalanmasdan ham olish, toʻplash, yozib olish, tizimlashtirish, jamgʻarish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), ajratib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirishga ruxsat), egasizlantirish, bloklash, oʻchirish, yoʻq qilish vositasida qayta ishlashga roziligini tasdiqlaydi.
9.2. Klub dasturi ishtirokchilari ularga maxsus takliflarni, yangi mahsulotlar va reklama aksiyalari haqida axborotlarni yoʻnaltirish, ularning soʻrov va murojaatlarini koʻrib chiqishni tashkillashtirish maqsadlarida Kompaniyaga oʻz shaxsiy maʼlumotlarini, shuningdek, ular nomidan Klub dasturida ishtirok etish maqsadlari uchun xabar qilingan boshqa axborotning yozib olishni, jumladan, biroq istisno qilmagan holda, tizimlashtirish, jamgʻarish, aniqlashtirish, saqlash, ajratib olish, bevosita maxsus takliflarni, yangi mahsulotlar va reklama aksiyalari haqida axborot yoʻnaltirishni, soʻrovlar va murojaatlarni qayta ishlashni amalga oshiruvchi hamda Ishtirokchi tomonidan shaxsiy maʼlumotlar va boshqa axborotlarning yoʻq qilinishini amalga oshiruvchi boshqa shaxs yoki tashkilotlarga qayta ishlash uchun topshirilishiga rozilik bildiradi.
9.3. Roʻyxatdan oʻtish paytida Kompaniya belgilagan usulda Klub dasturi Ishtirokchilari elektron aloqa tarmoqlari orqali Kompaniyadan quyidagi mazmunda axborot qabul qilishga roziligini tasdiqlaydi (jumladan, biroq shu bilan cheklanmagan holda: SMS-tarqatmalar, Email-tarqatmalar, telefoniya, Internet tarmogʻi):
· maxsus takliflar, aksiyalar va O`STIN doʻkonlarida xarid qilish mumkin boʻlgan tovarlar haqida reklama mazmunidagi axborotlar;
· Klub dasturi haqidagi axborot;
· Klub dasturi Ishtirokchisining Bonuslari summasi va amal qilish muddatlari haqidagi axborot;
· Klub dasturi ishtirokchisining soʻrovlari, arizalari va murojaatlarini qayta ishlash natijalari haqidagi axborot.
Kompaniyadan olingan axborot, shuningdek, Klub dasturi doirasida tomonlarni identifikatsiya qilish, Ishtirokchilarga samarali mijozlarga yordam xizmatini taqdim etish maqsadlarida va O`STIN doʻkonlari Klub dasturi doirasida boshqa maqsadlarda yoʻnaltiriladi.
Axborot yoʻnalishlarining davriyligi Kompaniya tomonidan belgilanadi.
Kompaniya, shuningdek, O`STIN doʻkonlari Klub dasturida ishtirok doirasida boshqa axborotni ham yoʻnaltirishi mumkin.
Klub dasturi ishtirokchilari Kompaniyadan axborotlar qabul qilishdan Maʼlumotnomalar xizmatining
helpme@ostin.com email manziliga murojaat qilish orqali voz kechishi mumkin. Axborot olishdan voz kechish uchun Klub dasturida roʻyxatdan oʻtish paytida koʻrsatilgan mobil telefon raqamini xabar qilish zarur.
10. ISHTIROKCHINING SHAXSIY MAʼLUMOTLARINI QAYTA ISHLASH VA ULARNI UCHINCHI SHAXSLARGA UZATISH SHARTLARI.10.1. Kompaniya Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan va Foydalanuvchi bilan kelishuv qoidalariga muvofiq koʻrsatilgan shaxsiy maʼlumotlarni amaldagi normativ hujjatlar, shuningdek, ular asosida yaratilgan ichki qoidalarga muvofiq saqlaydi va qayta ishlaydi.
10.2. Ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlariga nisbatan, Ishtirokchi tomonidan cheklanmagan doiradagi shaxslar ommaviy foydalanishi uchun oʻzi haqidagi maʼlumotlarni ixtiyoriy taqdim etgan hollardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlardan tashqari, ularning maxfiyligi saqlanadi.
10.3. Kompaniya Ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlarini bunday turdagi maʼlumotlarni himoya qilish talablariga muvofiq himoya qiladi va bunday maʼlumotlarni himoya qilishning xavfsiz usullaridan foydalanish uchun javobgardir.
10.4. Ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish, ulardan toʻgʻri foydalanishni taʼminlash va unga ruxsatsiz va/yoki tasodifiy kirishning oldini olish uchun Kompaniya zarur va yetarli darajada texnik va maʼmuriy choralarni koʻradi. Ishtirokchi taqdim qiladigan shaxsiy maʼlumotlar qoʻriqlanadigan binolarda joylashgan, kirish cheklangan serverlarda saqlanadi.
10.5. Ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlarini axborot texnologiyalari, jumladan, butunjahon Internet axborot tarmogʻi yordamida qayta ishlashda Kompaniya ularni jismonan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan va shaxsga doir maʼlumotlar bazasi davlat reyestrida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan texnik vositalarda shaxsiy maʼlumotlar bazasida toʻplash, tizimlashtirish va saqlash majburiyatini oladi.
10.6. Kompaniya Ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlarini (jumladan, yozib olish, tizimlashtirish, toʻplash, aniqlashtirish, saqlash, ajratib olishni amalga oshiruvchi, Foydalanuvchiga maxsus takliflar, yangi tovarlar va reklama aksiyalari haqidagi maʼlumotlarni bevosita yoʻnaltirish, soʻrovlar va murojaatlarni qayta ishlash, shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni yoʻq qilish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga) quyidagi holatlarda uchinchi shaxslarga uzatish huquqiga ega:
10.6.1. Ishtirokchi Klub dasturida Ishtirokchi sifatida roʻyxatdan oʻtish va shu bilan uning shartlarini qabul qilish yoʻli bilan bunday amallarga oʻzining yaqqol roziligini bildirgan boʻlsa;
10.6.2. Maʼlumotlarni uzatish Ishtirokchi tomonidan muayyan servisdan foydalanish doirasida yoki Ishtirokchiga xizmat koʻrsatish, mazkur qoidalarga muvofiq majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlganda;
10.6.3. Uzatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki boshqa amaldagi qonunchilik tomonidan belgilangan qonunchilik tartiblari doirasida nazarda tutilgan.
Kompaniya Klub dasturi Ishtirokchilarining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashda Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilishga oid qonunchiligiga amal qiladi.
11. BOSHQA SHARTLAR11.1. Ishtirokchi oʻz takliflari, shikoyat va eʼtirozlarini Maʼlumotnomalar xizmatiga yoʻnaltirishi mumkin:
helpme@ostin.com.
11.2. Kompaniya Klub dasturida ishtirok etish Qoidalari va boshqa aloqador hujjatlarga biror maxsus bildirishnomasiz bir tomonlama oʻzgartirish kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
11.3. Kompaniya karta boʻyicha shubhali faoliyat yuzaga kelganda yoki Klub dasturi shartlari Ishtirokchi tomonidan buzilganida sababini tushuntirmasdan Klub kartasini va unga mos Bonuslar hisobini bloklash huquqiga ega.
11.4. Ijrochi nomidan bir tomonlama tartibda kiritiladigan Klub dasturida ishtirok etish Qoidalari va boshqa aloqador hujjatlarga oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalar www.ostinshop.uz saytida eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Klub dasturida ishtirok etish Qoidalari va boshqa aloqador hujjatlarga oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalarning eʼlon qilinishi bunday oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalar haqidagi rasmiy bildirishnoma hisoblanadi. Ijrochi nomidan qonunchilikdagi oʻzgarish munosabati bilan kiritiladigan Klub dasturida ishtirok etish Qoidalari va boshqa aloqador hujjatlarga oʻzgartirishlar va/yoki qoʻshimchalar mazkur qonunchilik hujjatlariga oʻzgarishlar kuchga kirishi bilan bir vaqtda kuchga kiradi.